“Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, dron 9 fevraldan 10 fevralga o‘tar kechasi Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirilgan”, — deya maʼlum qildi Moldova chegara politsiyasi.

Eslatib o‘tamiz, o‘sha tunda Rossiya Odessa viloyatining Izmail va Reni hududlariga dronlar hujumi uyushtirgan edi. Reni Moldovaning Etuliya qishlog‘i bilan chegara yaqinida joylashgan.


