1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

"Moliyaviy piramida" ortidan qamalib oqlangan shaxs yana jinoyatga qo‘l urdi

U eski “hunari” uchun yana jazolandi.

"Moliyaviy piramida" ortidan qamalib oqlangan shaxs yana jinoyatga qo‘l urdi

 

Toshkent viloyatining Chinoz tumanida yashovchi, 1979-yilda tug‘ilgan A.N. 2016-yilda "moliyaviy piramida" tashkil qilib, bir necha oydan so‘ng ko‘paytirib, qaytarish sharti bilan fuqarolardan pul, avtomashina va boshqa qimmatliklarni qabul qilish bilan shug‘ullanganligi uchun 2017-yilda sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etilgan.

 

Unga nisbatan amnistiya akti qo‘llanilib, 2021-yilning dekabr oyida ozodlikka chiqarilgan bo‘lsada, xatolaridan to‘g‘ri xulosa qilmasdan, aksincha, davom ettirgan.

 

Xususan, A.N. o‘zganing ishonchiga kirib, uning boshqaruvida bo‘lgan “Spark” rusumli avtomashinani 6.500 AQSH dollariga baholab hamda qo‘shimcha 2.000 AQSH dollari berishini talab qilib, umumiy miqdorda 8.500 AQSH dollarini 10 oy davomida har oyda 1.700 AQSH dollaridan, jami 17.000 AQSH dollari miqdorida qaytarib berishini aytadi.

 

DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u fuqaroning “Spark” avtomashinasini hamda 2.000 AQSH dollarini qabul qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Dastlabki surishtiruv natijasida A.N. o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida olgan 2 ming AQSH dollari hamda “Spark” avtomashinasi bilan qo‘shib hisoblaganda, maʼlum muddatdan so‘ng ko‘paytirib, qaytarib berish sharti bilan jami 12 nafar fuqarodan 94 ming AQSH dollari hamda 4 ta avtomobil va 54 bosh chorva hayvonlarini (avtomobillar va chorva hayvonlarining umumiy bahosi 394 mln. so‘mni tashkil qiladi) olganligi aniqlandi.

 

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.N. qamoqqa olingan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика