1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Moliyaviy sanksiyalar qo‘llashda tadbirkorlarga yengillik berilmoqda

Senatning ellik ikkinchi yalpi majlisida  “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish kiritish ko‘zda tutilgan qonun muhokama qilinib, ma’qullandi.

Moliyaviy sanksiyalar qo‘llashda tadbirkorlarga yengillik berilmoqda

 

Unga ko‘ra, iqtisodiy jihatdan past ta’sir darajasiga ega bo‘lgan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishini birinchi marta sodir etgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektga bunday huquqbuzarlikning takroran sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida ogohlantirish berilishi va unga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilmasligi belgilanmoqda.

 

Muhokamalar jarayonida ta’kidlanganishicha, ushbu qonun raqobat sohasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning o‘zaro muvofiqlashtirilishiga, tovar va moliya bozorida sog‘lom raqobat muhitining ta’minlanishiga hamda tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan choralar ko‘rilishida adolatning qaror topishiga xizmat qiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика