1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Momogul Mamatqulova kuniga 200 kg paxta termoqda

U bir kunda 400 ming daromad qilyapti.

Momogul Mamatqulova kuniga 200 kg paxta termoqda

 

Ayni kunlarda yurtimizda paxta yig‘im-terim ishlari boshlangan. Hududlarda zaminimizda yetishtirilgan “Oq oltin”ni o‘z vaqtida nes-nobud qilmasdan, qo‘l mehnati va terim mashinalari yordamida terib olish choralari ko‘rilmoqda.

 

Jumladan, Denov tumani hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, tumandagi “Baxromov Farxod” fermer xo‘jaligining paxta dalalarida, ayni paytda, paxta terimchilarning ishi qizg‘in. Misol uchun, tumanda yashovchi Momogul Mamatqulova 60 yoshda bo‘lishiga qaramasdan, joriy mavsumda kuniga 200 kilogramm paxta termoqda. Bu degani — Momogul Mamatqulova bir kunda 400 ming so‘m oilasiga qo‘shimcha daromad olib kelmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика