Vladimir Putin Minskka tashrifi chog‘ida Rossiya bilan Belarusning harbiy texnika sohasidagi hamkorligi qo‘shma mashg‘ulotlarga ham tegishli ekanini aytib o‘tdi.
Kreml rahbarining maʼlum qilishicha, Rossiya va Belarus o‘rtasidagi tovar aylanmasi joriy yilning 10 oyi davomida 10 foizga o‘sgan va katta ehtimol bilan yangi rekord – 40 milliard dollar bo‘ladi.
“Tovar ayirboshlashimiz 2021-yilda, maxsus harbiy operatsiyadan oldin ham uchdan biriga o‘sdi va 38,5 milliard dollarga yetdi. Bu juda yaxshi va muhim ko‘rsatkich. Katta ehtimol bilan biz 40 milliard dollarlik tovar ayirboshlash chegarasiga erishamiz”,— dedi Putin Lukashenko bilan muzokarada.
Rossiya rahbari, shuningdek, ikki davlat o‘rtasida “koinot sohasida ham tegishli rejalari borligi”ni bildirib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq tomonlar belaruslik kosmonavtni tayyorlash haqida maʼlum qilgandi.


