Rossiya va Qozog‘iston iqtisodiy suverenitetga asoslangan o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish niyatida. Bu haqda ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan qabul qilingan deklarasiyaning 24-bandida so‘z boradi.
“Rossiya va Qozog‘iston o‘z xalqlari farovonligini oshirish maqsadida iqtisodiy suverenitet, texnologik va oziq-ovqat xavfsizligiga asoslangan o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantiradi”, — deydi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
Shuningdek, ikki davlat hukumatlari o‘rtasida 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlik kompleks dasturini amalga oshirish bo‘yicha harakatlar davom etadi.
Davlatlar mintaqalararo va chegara aloqalarini mustahkamlashda ham davom etadi. Shu munosabat bilan 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan hududlararo va chegaraviy hamkorlik dasturini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.


