1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Moskvada o‘zbekistonlik ayol terrorizmni moliyalashtirgani uchun 15 yilga qamaldi

Sudda ayblanuvchi aybini tan olmagan.

Moskvada o‘zbekistonlik ayol terrorizmni moliyalashtirgani uchun 15 yilga qamaldi

 

Moskvada Ikkinchi G‘arbiy okrug harbiy sudi 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosini Suriya Arab Respublikasida faoliyat yurituvchi “Katiba Tavhid val-Jihod” xalqaro terrorchilik tashkiloti jangarilarini moliyalashtirishda ayblab, 15 yilga ozodlikdan mahrum qilishga hukm qildi. Jazoni sudlanuvchi umumiy rejimdagi koloniyada o‘tashga majbur qilinadi.

 

Sudda aniqlanishicha, ayol 2022-yil oktabr oyida Moskvada bo‘lganida, bank kartasi va mobil bank hisobiga kirish huquqidan foydalanib, radikallar tomonidan ushbu terroristik guruhlarni moliyalashtirish maqsadida 6 500 rubl yuborgan. Sudlanuvchi o‘z aybini tan olmagan.

 

O‘zbekiston fuqarosi Rossiya Jinoyat kodeksining 33-moddasi 5-qismi va 205.1-moddasi 4-qismi bilan aybdor deb topildi. Hukm hali qonuniy kuchga kirmagan va qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика