1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Moskvada vafot etgan o‘zbekistonlik migrant yuzasidan rasmiy ma'lumot berildi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi tomonidan ushbu holat o‘rganilgan.

Moskvada vafot etgan o‘zbekistonlik migrant yuzasidan rasmiy ma'lumot berildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Moskva shahrida o‘zbekistonlik mehnat migrantining politsiya tomonidan hujjatlarini tekshirish vaqtida vafot etgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan quyidagilar maʼlum qilindi.

 

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi tomonidan ushbu holat o‘rganilishi natijasiga ko'ra, fuqaro O.O. sog‘lig‘i yomonlashgani sababli Botkina nomidagi shahar shifoxonasiga joylashtirilgan.

 

Shifoxona xodimlari tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramasdan, u vafot etgan. Politsiya xodimlari tomonidan hujjatlarini tekshirish natijasida uning vafot etgani haqidagi maʼlumot tasdiqlanmagan.

 

Joriy yilning 25-may kuni ushbu vafot etgan fuqaroning jasadi O‘zbekistonga qaytarilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика