Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyo murabbiylikka qaytadi. U Turkiyaning "Fenerbaxche" klubi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanadi. Bu haqda taniqli italiyalik jurnalist Janluka Di Marsio ma'lumot berdi.
Manbaga ko'ra, Mourinyo turkiyaliklar bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi. Xulosa bir kun ichida rasman e'lon qilinishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda portugaliyalik mutaxassis ishsiz. Uning so'nggi ish joyi Rimning "Roma" klubi bo'lib, jamoani 2021-yildan 2024-yilning yanvarigacha boshqargan.
Avvalroq, OAVda 61 yoshli mutaxassis "Manchester Yunayted"ga qaytishga qiziqayotgani haqida xabarlar paydo bo'lgandi.