“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourinyo “Roma” bilan shartnomasini uzaytirmoqchi emas.
Ma'lum bo'lishicha, portugaliyalik mutaxassis o'zini terma jamoada sinab ko'rmoqchi. Mourinyo Italiya, Angliya yoki Braziliyadan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Qayd etilishicha, "Roma" ustozi faqat sovrinlarni qo'lga kiritishni maqsad qilgan terma jamoa bilan ishlashdan manfaatdor.
Joze Mourinyo 2021-yil iyulidan beri “Roma”ni boshqarib kelmoqda. 2021/2022-yilgi mavsumda portugaliyalik mutaxassis Rim jamoasi bilan Konferensiya ligasida g'olib chiqdi. Murabbiyning Italiya klubi bilan shartnomasi 2024-yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.


