Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida joylashgan 2-son izlov-qidiruv qudug‘idan yuqori bosimli, sanoat miqyosidagi tabiiy gaz oqimi olindi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” xabar berdi.
“O‘zbekneftgaz” AJ tarkibidagi “O‘zneftgaz burg‘ilash ishlari” MCHJning malakali mahalliy mutaxassislari tomonidan zamonaviy xorijiy uskunalarda 90 kun davomida burg‘ilangan, loyihaviy chuqurligi 5 ming metr bo‘lgan mazkur quduqdan bugungi kunda kunlik 2,4 million kub metr tabiiy gaz olinmoqda.
Hozirda hududdagi qolgan istiqbolli chuqur quduqlarda ham tunu-kun burg‘ilash ishlari olib borilmoqda. Yil yakuniga qadar ushbu quduqlardan ham yuqori bosimli tabiiy gaz olish kutilmoqda.


