1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

Mo‘ynoqqa borib ishlagan shifokor oyligiga 200% ustama qo‘shib to‘lanadi

Buning uchun tibbiyot xodimi kamida ikkinchi darajali malaka toifasiga ega bo‘lishi zarur.

Mo‘ynoqqa borib ishlagan shifokor oyligiga 200% ustama qo‘shib to‘lanadi

 

Hujjatga ko‘ra, 1-iyundan boshlab:

 

 

  • oliy va birinchi malaka toifali tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga + 15 foizgacha;
  • yangi ish boshlagan salohiyatli yosh shifokorlar 1 million so‘mgacha;
  • oilaviy shifokor punktlari, poliklinikalarda ishlovchi shifokorga +30 foizigacha;
  • yuqori texnologik murakkab operatsiyalarni bajargan shifokor-xirurglarga +25 foizgacha qo‘shimcha ustama oladi.

 

 

Shuningdek,  2022-yil 1-iyuldan boshlab viloyatlar hamda Toshkent shahridan, xususan, xorijiy davlatlardan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxtako‘pir, Chimboy, Qorao‘zak, Bo‘zatov, Shumanay, Qo‘ng‘irot tumanlariga borib ishlovchi shifokorlarning oylik lavozim maoshiga dastlabki uch yil davomida 100 foiz, Mo‘ynoq tumanida esa 200 foiz miqdorida qo‘shimcha har oylik ustama to‘lovlari Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan to‘lanadi,  deyilgan farmonda.

 

Tibbiyot xodimi ushbu ustamani olish uchun boshqa hududda kamida ikki yil ishlagan hamda kamida ikkinchi darajali malaka toifasiga ega bo‘lgan bo‘lishi lozim.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq shifokorlarning oyligi oshirilishi yuzasidan Prezident farmoni qabul qilingan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика