Joriy yilning 19-avgust kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudida fuqaro A.T.ga oid jinoyat ishi yuzasidan birinchi instansiya sud jarayoni boshlandi.
Mazkur ish jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi sudyasi B. Rahimov raisligida ko‘rib chiqilmoqda.
Tergov organining ayblov xulosasiga ko‘ra, A.T. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 156-moddasi 2-qismi, 244-1-moddasi 3-qismi “g” bandi hamda 244-3-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Hozirda sudlanuvchiga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Sud jarayoni tafsilotlari yakuniy qaror e’lon qilingach qo‘shimcha ravishda ma’lum qilinadi.


