MSK yig‘ilishida shunday qaror qabul qilindi.
Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar smetasini 174 milliard 130 million so‘m miqdorida ishlab chiqdi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida maʼlum qilindi.
MSK aʼzosi Adham Ibodullayevning so‘zlariga ko‘ra, 2021-yildagi prezidentlik saylovida 26 foizi va joriy yilda bo‘lib o‘tgan referendumda 13,5 foiz byudjet mablag‘lari iqtisod qilingan.
Mazkur mablag‘ avvalgi prezidentlik saylovi uchun ajratilgan mablag‘dan 41 foizga kamdir. Xarajatlar smetasiga ko‘ra mablag‘larning deyarli 82 foizi okrug va uchastka saylov komissiyalarining faoliyatini tashkil etish uchun ajratilmoqda.
Ushbu mablag‘larning 76 foizi okrug va uchastka saylov komissiyalari aʼzolari (aʼzolarning aksariyat qismi o‘qituvchi, shifokor, faol fuqarolar tarkibidan shakllantirilgan) mehnati uchun to‘lab beriladigan kompensatsiya to‘lovlari uchun sarflanishi uchun rejalashtirilga


