1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

“Muhtasham yuz yil” va “Chuqur” seriali aktyorlari qamaldi

Ularga salkam 2 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

“Muhtasham yuz yil” va “Chuqur” seriali aktyorlari qamaldi

Turkiyada mashhur bo‘lgan aktyorlar Halit Ergench va Riza Kocao‘glu Istanbuldagi norozilik namoyishlari yuzasidan olib borilgan tergov doirasida yolg‘on ko‘rsatma berganlikda aybdor deb topildi. Ularning menejeri Ayshe Barim ham xuddi shu ayblov bilan javobgarlikka tortildi.

 

Sud qaroriga ko‘ra, “Muhtasham yuz yil” seriali orqali O‘zbekistonda ham mashhurlikka erishgan Ergench 1 yil 10 oy 15 kun, “Ichkarida” va “Chuqur” seriallari orqali tanilgan Kocao‘glu esa 1 yil 8 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

 

Aktorlarning himoyachilari sud qaroridan norozi bo‘lib, apellyatsiya berish niyatida ekanliklarini ma’lum qilishgan. Muxlislar esa ijtimoiy tarmoqlarda voqeaga nisbatan turlicha munosabat bildirishmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика