1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Mushukni kaltaklagan bolaning onasi jarima to‘lashi mumkin

Bugungi kunda odamlar orasida hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik kuchayib bormoqda. Jonivorlarni himoya qilish o‘rniga ularga ziyon yetkazish insoniylikning hech bir qoidasiga to‘g‘ri kelmaydi.

Mushukni kaltaklagan bolaning onasi jarima to‘lashi mumkin

 

 

Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan bolaning mushukka nisbatan g‘ayriinsoniy munosabatda bo‘lgani tasvirlangan videolavha keng tarqaldi. Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasi ushbu holatga izoh berdi.

 

Aniqlanishicha, voqea Toshkent shahar Chilonzor tumanida yuz bergan. Ayol va uning o‘g‘li shaxsi aniqlangach tuman IIBda Toshkent shahar IIB xodimlari, voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘yicha inspektor, profilaktika inspektori va mahalla raisi ishtirokida ular bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan. Bolaning onasiga nisbatan 47-modda (Bolalarni tarbiyalash va o‘qitish vazifalarini bajarmaslik) bo‘yicha maʼmuriy protokol tuzilgan.

 

 Qayd etilishicha, viloyat hokimligi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyaga holat bo‘yicha maʼlumot yuborilgan.

 

Maʼlumot uchun, hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish, yaʼni g‘arazli yoki boshqa past niyatlarda ularni qiynoqqa solish yoxud ularga azob berish ularning o‘limiga yoki mayib bo‘lishiga olib kelsa, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa – 12 mln 250 ming so‘m jarimadan 6 oygacha ozodlikdan mahrum qilishgacha jazo choralari qo‘llanilishi belgilangan.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Jizzaxda it ovlov brigadasi 7 ta uysiz itni otib tashlagani, Yaponiyadagi temir yo‘l stansiyasi yaqinida uch o‘lchamli ulkan mushuk paydo bo‘lgani hamda O‘zbekistonda qancha hayvon pasport olgani haqida xabar berilgan edi.

 

 

Akram Xamraqulov 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика