1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Musson yomg‘irlari Pokistonda vayronagarchiliklar keltirmoqda

Pokistonda kuchli yomg‘irlar qurbonlar ortishiga sabab bo‘ldi.

Musson yomg‘irlari Pokistonda vayronagarchiliklar keltirmoqda

 

Pokistonda so‘nggi kunlarda yog‘ayotgan kuchli musson yomg‘irlari va ularning oqibatida yuzaga kelgan favqulodda holatlar natijasida kamida 45 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Geo TV telekanali ma’lumotlariga tayanib, Oxu.Az xabar bermoqda.

 

Eng ko‘p qurbonlar — 21 kishi — Xayber-Paxtunxva provinsiyasida qayd etilgan. Yana o‘lim holatlari Sind, Balujiston va Panjob viloyatlarida ham aniqlangan.

 

Kuchli yomg‘irlar va bo‘ronlar tufayli toshqin xavfi kamida shanba kunigacha saqlanib qolishi mumkin. Ob-havo noqulayligi zaif infratuzilmalar, elektr uzatish liniyalari, reklama bannerlari, transport vositalari va quyosh panellariga zarar yetkazmoqda.

 

Shuningdek, tog‘li hududlarda yuzaga kelgan ko‘chkilar ba’zi yo‘llarda harakatni vaqtincha to‘xtatgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика