1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Musulmonlar qalbini parchalayotgan qonli vaziyat”

Senator Yaqin Sharqdagi vaziyatga munosabat bildirdi.

“Musulmonlar qalbini parchalayotgan qonli vaziyat”

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Kutbidin Burxanov o‘z Facebook sahifasida prezidentning xalqaro miqyosdagi tahdidlar va O‘zbekistonning kelajagi bo‘yicha aytgan fikrlari aks etgan video borasida munosabat bildirdi.

 

Senator G‘azodagi voqelarga ham to‘xtalib, uni "musulmonlar qalbini parchalayotgan qonli vaziyat" deb aytgan.

 

"Men har kuni kechqurun orom olayotgan nevaralarimni ko‘rib, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik uchun yaratganga benihoya shukur aytaman. Bu eng oliy neʼmat. Afsuski baʼzi kundalik tashvishlar bilan biz buni unutib qo‘yyapmiz, qadriga yetmayapmiz.

 

Aslida atrofimizda tahlikalar ko‘p, har soniyada farovon hayotimizni barbod qiladigan buzg‘unchi kuchlar tahdid solib turadi. Faqatgina yurt posbonlarining mehnati, mudofaa va xavfsizlik borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida biz buni hatto payqamaymiz ham", - deya taʼkidlagan Senator.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика