1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Myanmaga sotib yuborilgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

Fuqarolar internet orqali taklif qilingan yuqori maoshli ishga ishonib, odam savdosi qurboniga aylangan.

Myanmaga sotib yuborilgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

 

Myanmada odam savdosi qurboniga aylangan O‘zbekiston fuqarolari vatanga muvaffaqiyatli qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi. Ma’lum bo‘lishicha, Bangkok shahridagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasiga bir guruh o‘zbekistonliklar Myanmada majburan ushlab turilgani va yurtga qaytishda yordam so‘rab murojaat qilgan.


Fuqarolar internet orqali taklif qilingan yuqori maoshli ishga ishonib, Tailandga bepul aviachiptalar asosida yetib kelgan. Biroq manzilga borgach, aldov yo‘li bilan Myanma hududiga noqonuniy olib o‘tilgan va u yerda odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruhlar qo‘liga tushib qolgan. Ular firibgarlik kol-markazlarida ishlashga majburlangan, bundan bosh tortganlar esa jismoniy zo‘ravonlik va tahdidlarga duchor bo‘lgan.


Shuningdek, xuddi shunday holatda Qozog‘iston va Qirg‘iziston fuqarolari ham aniqlangan. Myanma va Tailand vakolatli organlari bilan olib borilgan kelishilgan harakatlar natijasida jabrlanganlar ozod etilib, Maesot chegara punktida diplomatlar tomonidan qabul qilindi. 2025-yil 9-dekabr kuni O‘zbekiston va Qozog‘istonning Tailanddagi diplomatik vakolatxonalari ko‘magida barcha fuqarolar vatanga qaytarildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика