“Agrobank” ATB Qashqadaryo viloyat boshqarmasi Qamashi filiali mansabdor shaxslari jinoiy til biriktirib, o‘ziga ishonib topshirilgan qariyb 4 mlrd so‘m mablag‘larni o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan IJQQ departamenti Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan JKning 167 va 209-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.
"Tergov davomida 3 nafar mansabdor shaxsga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergovning borishi alohida nazoratga olingan. Tergov yakuni bo‘yicha batafsil axborot beriladi", — deyiladi xabarda.


