
Maʼlum bo‘lishicha, Namangan davlat universiteti talabasi A.Q. fuqaro A.ning o‘qishini Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh davlat universitetidan o‘zi taʼlim olayotgan universitetga vakolatlari tanishlari orqali ko‘chirib berishni vaʼda qilib, evaziga 1 000 AQSH dollari va 5,3 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, A.Q.ning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirlarda, universitet o‘qituvchilari M.A., undan keyin B.A. ushbu pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, “4 ming dollar beraman, shu ishni yopib bering” - “Biznes”ini pora bilan yopmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangani haqida xabar berilgandi.


