1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

“4 ming dollar beraman, shu ishni yopib bering”-“Biznes”ini pora bilan yopmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspeksiya xodimlari tomonidan Yangiyo‘l tumani hududida noqonuniy qum-shag‘al qazib olinayotganini aniqlandi.

“4 ming dollar beraman, shu ishni yopib bering”-“Biznes”ini pora bilan yopmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

 

 

Qonunchilikda belgilangan tartibda jarima rasmiylashtirilib, qum-shag‘al qazishga jalb etilgan texnikalar vaqtincha maxsus joyga joylashtirildi. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda. 


Lekin ekoinspektorlar huzurida X.ismli shaxs paydo bo‘lib, mazkur “biznes” unga tegishli ekani hamda bu “ishni” imi-jimida yopishni so‘raydi. Buning uchun 4 000 AQSH dollari miqdorida pora taklifqiladi.


     Davlat ekologiya qo‘mitasi xodimlari bu taklifni keskin rad etib, huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilishdi. Aybdor esa ularga yana boshqa yo‘llar bilan taʼsir o‘tkazishga harakat qiladi. Natijada, u ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida nazorat inspektoriga pora berishga urinayotganda tegishli organ xodimlari tomonidan  voqea joyida qo‘lga olindi.

 

Hozirda ushbu holat yuzasidan tegishli idoralar tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика