1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Namangan—Dubay o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar boshlandi

Mazkur yo‘nalishda parvozlar qaysi kunlari amalga oshirilishi ma’lum qilindi.

Namangan—Dubay o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar boshlandi

 

Bugun, 25-sentabrga o‘tar kechasi ilk bor Birlashgan Arab Amirliklaridan “Flydubai” aviakompaniyasining samolyoti Namangan xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

Aviakompaniyaning “Boeing—737” rusumli havo kemasida Dubay—Namangan  yo‘nalishida yigirmaga yaqin yo‘lovchini O‘zbekistonga olib kelgan. Shundan so‘ng Namangan shahridan Dubay shahriga 189 kishi jo‘nab ketgan.

 

Dubay—Namangan yo‘nalishidagi pavozlar haftaning chorshanba va shanba kunlari, Namangan—Dubay yo‘nalishidagi aviaqatnovlar esa payshanba va yakshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

 

Ma’lumot uchun: bugungi kunda “Flydubai” aviakompaniyasi Toshkent va Samarqand shaharlariga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirib kelmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика