1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Namanganda 100 ga yaqin bola doridan zaharlangani aytilmoqda

SSV tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Namanganda 100 ga yaqin bola doridan zaharlangani aytilmoqda

 

Namangan viloyatining Chust tumanida 90 dan ortiq bola yod preparatidan zaharlangani aytilgan xabarlar tarqaldi. Holat bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Bosh prokuratura rasmiy munosabat bildirdi.

 

Maʼlum qilinishicha, vazirlik Chust tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotida bolalar bilan sodir bo‘lgan zaharlanish holati yuzasidan kerakli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Tuman tibbiyot birlashmasiga qabul qilingan bolalarning barchasiga belgilangan standartlar bo‘yicha davo muolajalari olib borilmoqda.

 

Ularga yakuniy tashxis qo‘yish maqsadida belgilangan talablar asosida namunalar olinib, ekspertizadan o‘tkazilmoqda. Ayni paytda bolalarning holati qoniqarli, ulardan 10 nafarining ahvoli yaxshilangani sababli uyiga ruxsat berilgan.

 

Tumanda sodir bo‘lgan ushbu holat shaxsan Sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan qatʼiy nazoratga olingan.

 

Shuningdek, voyaga yetmagan bolalar zaharlanishi yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. 

 

“Voyaga yetmagan bolalar nimadan zaharlanganligi hali nomaʼlum bo‘lganligi sababli jamoatchilikdan noto‘g‘ri va turli taxminlarga asoslangan xabarlarni tarqatmasliklarni so‘rab qolamiz. 

 

Chust tumanida favqulodda holat eʼlon qilinganligi haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, — deyiladi Bosh prokuratura bayonotida.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика