1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Namanganda 3 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Ular ota-bolalar bo‘lishgan.

Namanganda 3 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Holat kecha, 18-noyabr kuni soat 7:30 larda Pop tumani “Iskovut” MFY Qo‘rg‘ontepa ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1988 yilda tug‘ilgan A.B. (erkak) voyaga yetmagan farzandlari — 2014 yilda tug‘ilgan O.A. hamda 2010 yilda tug‘ilgan A.A. yashash xonadonida isitish uchun o‘rnatilgan, qo‘lbola usulda tayyorlangan pechkaga yoqilgan tabiiy gazdan chiqqan is gazidan zaharlanib, vafot etgan.

 

Shuningdek, xonadonda bo‘lgan erkakning turmush o‘rtog‘i G.M. is gazidan zaharlanib, og‘ir holatda tibbiyot birlashmasiga olib borilgan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordam natijasida ayolning hayoti saqlab qolingan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика