1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Namanganda avtomobillar qatnovchi ko‘prik qulab tushishi mumkinligi aytildi

Holat bo‘yicha viloyat FVV maʼlumot berdi.

Namanganda avtomobillar qatnovchi ko‘prik qulab tushishi mumkinligi aytildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanidagi ko‘priklardan biri qulab tushish holatiga kelib qolgani aytilgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maʼlumot berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, Yangiqo‘rg‘on tumani “Olmazor” MFY hududidan oqib o‘tuvchi “Podsho ota” soyi ustiga qurilgan ko‘prikda qisman nosozlik borligi aniqlangan.

 

Shundan so‘ng ko‘prikda transport  vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatilgan. Avtomobillar uchun soyning ichki o‘zanidan boshqa yo‘l ochib berilgan va qatnov davom ettirilmoqda.

 

Hozirda ko‘prikdagi nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика