1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Namanganda bog‘chada bolalar polda uxladi

Bog‘cha direktoriga intizomiy jazo choralari qo‘llandi.

Namanganda bog‘chada bolalar polda uxladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Chortoq tumanidagi 17-sonli maktabgacha taʼlim muassasasida bolalar polda uxlab yotgani aks etgan videomaterial tarqalgandi. Holat yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Aniqlanishicha, mazkur muassasada qisqa muddatli guruhlar mavjud bo‘lib, ularda bolalar bir necha soat davomida shug‘ullanishadi va kunduzgi uyqu rejasi joriy qilinmagan. Holat yuzaga kelgan kuni bunday guruhlardagi 12 nafar tarbiyalanuvchi ota-onalari vaqtida olib keta olmagani bois bog‘chada qolib ketgan, kutish jarayonida esa ular uxlab qolgan.

 

Vazirlik mazkur muassasada aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan. Shuningdek, bog‘cha direktoriga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика