1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Namanganda bolalar doridan zaharlangani rostmi? Viloyat SSB qo‘shimcha maʼlumot berdi

Aslida, yod va anstrumin (yodamarin) dorisi 3 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida yod tanqisligining oldini olish va bolalarni aqliy rivojlanishini yaxshilash maqsadida berilgan.

Namanganda bolalar doridan zaharlangani rostmi? Viloyat SSB qo‘shimcha maʼlumot berdi

 

Namangan viloyatida zaharlangan bolalarning holati qoniqarli, ulardan 20 nafarining ahvoli yaxshilangani sababli uyiga ruxsat berildi. Bu haqda Namangan viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabar berdi.

 

​Qayd etilishicha, 21 sentabr kuni soat 16:00 dan boshlab, Chust tumani tibbiyot birlashmasi qabulxona bo‘limiga tumandagi bog‘chalar va maktablardan bolalar tana haroratini ko‘tarilishi, ayrimlarida qorin og‘rig‘i, ich surilishi va qusish shikoyatlari bilan kelishgan.

 

Boshqarma tomonidan zudlik bilan ishchi guruh tuzilib, surishtiruv va tekshiruv ishlari olib borildi. Hozirgi vaqtga qadar 20 nafar bolaning holati yaxshi bo‘lganligi sabab, uyiga ruxsat berildi. Qolgan bolalar holati nazoratda.

 

“Kecha va bugun bolalar bog‘chalarida bolalarga yod va anstrumin (yodamarin) dorisi berilgan. Zaharlanish shundan bo‘lgan, degan xabar tekshiruvda. Sababi, butun Respublikaga tarqatilgan ushbu dori vositasi 3 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida yod tanqisligining oldini olish va bolalarni aqliy rivojlanishini yaxshilash maqsadida berilgan. Viloyatimizni boshqa hududlarida ham bolalar ushbu dorini isteʼmol qilgan. Ularda hech qanday salbiy holatlar kuzatilmagan. Murojaat kelib tushmagan”, — deyiladi xabarda.

 

Aytilishicha, shifoxonaga yotqizilgan bolalarning hech birida ranimatsion, yaʼni og‘ir holat yo‘q. Voqeaning kelib chiqish tafsilotlari mutaxassislar tomonidan o‘rganilmoqda. Barcha tekshiruvlar xulosasi chiqqach yakuniy maʼlumot beriladi.

 

Xabarda shuningdek, bolalar nimadan zaharlangani hali nomaʼlum bo‘lgani sababli jamoatchilikdan noto‘g‘ri va turli taxminlarga asoslangan xabarlarni tarqatmaslik so‘ralgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика