1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Namanganda bolalar zaharlanishi ortidan jinoiy ish ochildi

Holat bo‘yicha BP qo‘shimcha maʼlumot berdi.

Namanganda bolalar zaharlanishi ortidan jinoiy ish ochildi

 

Avvalroq Namangan viloyatining Chust tumanida 71 nafar bola doridan zaharlangani xabar qilingandi. Bosh prokuratura holat yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot berdi.

 

Qayd etilishicha, Namangan viloyatida bolalar zaharlanganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi (Sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov olib borilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, kecha Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva davlat rahbarining topshirig‘i bilan Namanganga tashrif buyurib, bolalar holidan xabar olgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика