1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Namanganda bolalarga noqonuniy diniy bergan erkak ushlandi

Ayrim bolalarning umuman maktabga bormagani aniqlandi

Namanganda bolalarga noqonuniy diniy bergan erkak ushlandi

Namangan viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan voyaga yetmaganlar ishtirokida tashkil etilgan noqonuniy diniy mashg‘ulot faoliyatiga chek qo‘yildi.

 

Aniqlanishicha, yigirmadan ortiq bola qatnashgan mazkur yashirin darslar rasmiy diniy ta’limga ega bo‘lmagan 31 yoshli shaxs tomonidan tashkil etilgan. U mashg‘ulotlar davomida veb-saytlar va ijtimoiy tarmoqlardagi materiallardan foydalangan holda bolalarga ta’lim bergan.

 

Tekshiruv jarayonida darslarda 7 yoshgacha bo‘lgan 10 nafar bola, shuningdek, joriy o‘quv yilida biror martata ham umumta’lim maktabiga bormagan 13 nafar maktab yoshidagi bola qatnashgani aniqlangan. Ayrim ota-onalar farzandlarining hujjatlarini bir maktabdan olib, boshqa maktabga o‘tkazishni rasmiylashtirish orqali bolalarning maktabga bormasligiga sharoit yaratgan.

 

Mazkur noqonuniy diniy mashg‘ulotlarni tashkil etgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Bolalarning ota-onalari farzandlarini tarbiyalash va ta’lim bilan ta’minlash bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmaganliklari uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muvofiq javobgarlikka tortilgan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bolalarning maktabga bormayotganini yashirish holatlariga yo‘l qo‘ygan ayrim maktab ma’murlari va o‘qituvchilari ham belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi rejalashtirilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика