1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Namanganda Cobalt va Isuzu avtobusi to‘qnashuvi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

Fojiaga Cobalt yuqori tezlikda harakatlanayotgan vaqtida haydovchi rulda uxlab qolib, avtomobil qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi sabab bo'lgan.

Namanganda Cobalt va Isuzu avtobusi to‘qnashuvi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

 

Namangan viloyatida insonlar o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Kun.uzning ma'lum qilishicha, hodisa 25-yanvar kuni soat 06:30 atrofida Chust tumanining Damobod mahallasi hududida yuz bergan.

 

Ma’lumotlarga ko'ra, 1999-yilda tug‘ilgan A. Yu. boshqaruvidagi Cobalt avtomobili yuqori tezlikda harakatlanayotgan vaqtida haydovchi rulda uxlab qolgan. Oqibatda avtomobil qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, 1961-yilda tug‘ilgan I. E. boshqaruvidagi Isuzu yo‘lovchi avtobusi bilan to‘qnashgan.

 

Yo‘l-transport hodisasi natijasida Cobalt avtomobili haydovchisi va undagi 20 yoshli yo‘lovchi X. S. voqea joyida halok bo‘lgan. Yana bir yo‘lovchi esa og‘ir tan jarohatlari sabab shifoxonada vafot etgani ma’lum qilindi.

 

Shuningdek, avtobus salonida bo‘lgan 5–6 nafar yo‘lovchi turli darajadagi tan jarohatlari bilan tibbiyot muassasalariga yotqizilgan. Aniqlanishicha, avtobus Damobod mahallasida yashovchi fuqarolarni Chust tumanining Qodirobod mahallasida joylashgan metallni qayta ishlash sexiga olib ketayotgan bo‘lgan.

 

Avvalroq Navoiy viloyatining Tomdi tumanida 47 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan avtobus ag‘darilishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani va to‘qqiz kishi shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar berilgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика