Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining ma'lum qilishicha, Kosonsoy tumani bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Energosavdo” bo‘limi yuriskonsulti M.M. pora olgan vaqtda qo‘lga olindi.
Tadbir jarayonida aniqlanishicha, M.M. o‘z xizmat vazifasidan foydalanib, “Soycha” mahalla fuqarosi xonadonida elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanish holati bo‘yicha tuzilgan dalolatnoma asosida hisoblangan 28,6 million so‘mlik jarimani yo‘q qilib berishi evaziga 2 000 AQSH dollari pulini olgan. Bu holat ashyoviy dalillar bilan tasdiqlandi.
Hozirda M.M. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va tergov harakatlari davom etmoqda.


