1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Namanganda fuqaro ichki ishlar xodimlariga jarohat yetkazdi

Ayni vaqtda ayblanuvchi qamoqqa olingan.

Namanganda fuqaro ichki ishlar xodimlariga jarohat yetkazdi

 

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida fuqaro ichki ishlar xodimlariga jarohat yetkazdi. Bu haqida tuman IIB matbuot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, soat 20:50 da "Farg‘ona" mahallasida yashovchi fuqarolar murojaat qilib, K.Q. ismli shaxs aholi tinchligini buzayotgani va janjal qilayotganini bildirgan. Hududga tungi xizmatga biriktirilgan ikki nafar profilaktika inspektori hodisa joyiga yetib borib, K.Q. tomonidan sodir etilayotgan bezorilik harakatlarining oldini olmoqchi bo‘lgan.

 

Ammo fuqaro xodimlarning qonuniy talablarini bajarmay, ularga faol qarshilik ko‘rsatgan. Qo‘lidagi xo‘jalik pichog‘i hamda yog‘och bo‘lagi bilan ularni urib, jarohat yetkazgan.

 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayblanuvchi qamoqqa olingan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика