1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Namanganda gaz portlashi oqibatida 1 kishi vafot etdi

Chaqnash oqibatida 4 nafar shaxs turli tan jarohati olgani maʼlum qilingan.

Namanganda gaz portlashi oqibatida 1 kishi vafot etdi

 

Bugun, 7-fevral kuni soat 07:30 larda Namangan viloyati Kosonsoy tumani “Nurobod” MFY Navbahor ko‘chasi raqamsiz yashash uyida, gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgandi. Oqibatda 4 nafar shaxs turli tan jarohati olgani aytilgan.

 

Ko‘rsatilgan tez-tibbiy muolajalarga qaramasdan ularning 1 nafari shifoxonada vafot etgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Kosonsoy tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 258-moddasi 2-qismi “a” bandi (Tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика