Bugun, 21-may kuni Namangan viloyatida 62-Xalqaro Gullar festivali boshlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 200 dan ortiq avtomobillar 30 ming turga yaqin gullar bilan bezatilgan.
Festivalining tantanali ochilish marosimini Namangan viloyati rahbari Shavkatjon Abdurazzoqav ochib berdi. U o‘z ushbu bayram yillar davomida takomil topib, viloyatning «tashrif qog‘ozi»ga aylanib ulgurganini taʼkidladi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, o‘tgan yilgi festivalga 2 mln 300 mingdan ziyod kishi mehmon bo‘lib kelgan. Bu yilgi anjumanda esa 4 mln mehmon tashrifi kutilmoqda.
Tadbirdab shuningdek, O‘zbekiston madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekiston xalq artisti, Namanganning faxriysi Yodgor Sadiyev, O‘zbekiston xalq shoiri Mahmud Toir nutq so‘zlagan.


