1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Namanganda hokim yordamchisi olgan porasini qaytarib berayotganda qo'lga tushdi

Shuningdek Toshkent viloyati “Yagona buyurtmachi xizmati” davlat muassasasi direktorining o‘rinbosari ham 5 ming dollar pora bilan ushlandi.

Namanganda hokim yordamchisi olgan porasini qaytarib berayotganda qo'lga tushdi

 

Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” davlat muassasasi direktorining o‘rinbosari tomonidan mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish holatlari aniqlandi. Bu haqda DXX Zamon.uzga xabar berdi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, u “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali kapital ta’mirlash bo‘yicha qiymati 2 mlrd 73 mln so‘mlik obyektda g‘olib bo‘lgan pudrat tashkiloti hisob raqamiga 1,1 mlrd so‘m avans mablag‘ini o‘tkazib berish evaziga MChJ rahbaridan 2 ming AQSh dollari miqdorida pora olgan.

 

Shuningdek, mansabdor shaxs qurilish ishlari belgilangan muddatlarda bajarilmagani sababli 643 mln 530 ming so‘m penya undirish yuzasidan sudga kiritilgan da’vo arizasidan voz kechib, pudrat tashkiloti foydasiga qaror chiqartirib berish evaziga yana 5 ming AQSh dollari pora olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “a, v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

 

Boshqa holatda Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining tuman bo‘limi boshlig‘i fuqaroning yashash uyi oldida ko‘p yillik daraxtlarni kesishga ruxsat berish evaziga 3 ming AQSh dollari pora olayotgan vaqtida ushlandi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

 

Namangan viloyatida esa Pop tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan birida faoliyat yuritgan hokim yordamchisi davlat zaxirasidagi 90 sotix yer maydonini tadbirkorga ajratib berish va kelgusida to‘yxona qurish uchun hujjatlarini rasmiylashtirish evaziga 4 500 AQSh dollari olgan.

 

Avval sudlangan ushbu shaxs va’dasini bajara olmagach, mablag‘ning bir qismini qaytarib berayotgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ushlandi.

 

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a, v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика