Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda Uychi tumani hokimligi yuriskonsulti firibgarlik yo‘li bilan mahalliy fermer xo‘jalik rahbaridan 5 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
Maʼlum qilinishicha, u iqtisodiy sudda ko‘rib chiqilayotgan ushbu fermer xo‘jalikning yer maydonini tuman hokimligi zaxirasiga qaytarib olish masalasini fermer foydasiga hal qilib berishni vaʼda qilgan.
Hozirda barcha holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


