1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Namanganda “Jiguli” yonib ketdi

Bunga “Lacetti” bilan to‘qnashib ketish sabab bo‘lgan.

Namanganda “Jiguli” yonib ketdi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Chust tumani yo‘lida “Jiguli” va Lasetti to‘qnashishi oqibatda “Jiguli” ag‘darilib, butkul yonib ketgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi izoh berdi.

 

Unga ko‘ra, bugun, Chust tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga soat 03:45 da, 112 Farg‘ona xalqa yo‘lining 52 kilometrida Namangan–Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan Lasetti va VAZ 2107 avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushgan. Avtohalokat oqibatida VAZ 2107 yonayotganligi aytilgan.

 

Kelib tushgan xabarga asosan Favqulodda vaziyatlar boshqarma va qutqaruvchilar voqea joyiga yuborilib, yong‘in bartaraf etilgan.

 

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar borligi maʼlum qilindi, hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика