1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

"Namanganda kasallangan bolalarning barchasi sogʻayib, uyiga qaytdi"

Tez orada barcha savollarga javob beriladi.

"Namanganda kasallangan bolalarning barchasi sogʻayib, uyiga qaytdi"

 

 

Namangan viloyati, Chust tumanida doridan zaharlangani taxmin qilinib, shifoxonaga yotqizilgan bolalarning barchasi sogʻayib, uyiga qaytdi. Bu haqda sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov maʼlum qildi.

 

“Namanganda zaharlangani aytilgan bolalarning barchasi sogʻayib, bugungi kunda uyiga qaytarilgan. Hech bir bolaning ahvoli ogʻir emas”, – dedi vazir

 

Uning soʻzlariga koʻra, Namanganda bolalarning ommaviy zaharlanishi bilan bogʻliq holat toʻliq oʻrganib chiqilgan. Tez orada barcha savollarga javob beriladi.

 

Avvalroq Namanganda bolalarning kasallanish holati bilan bogʻliq 450 ta murojaat kelib tushgani, ularning eng koʻpi – 306 tasi Chust tumaniga toʻgʻri kelgani, 143 nafari tuzalib, qolganlari esa muntazam nazorat ostida ekani, ahvoli ogʻirlar yoʻqligi aytilgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика