1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Namanganda Lacetti piyodani urib yubordi

Oqibatda 11 yoshli qiz shifoxonada vafot etdi.

Namanganda Lacetti piyodani urib yubordi

22-fevral kuni Namangan viloyati Uychi tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi voyaga yetmagan piyodaning hayotiga zomin bo‘ldi. Viloyat YHXB xabariga ko‘ra, Yakkatut mahallasidan o‘tgan D-109 avtomobil yo‘lida yuqori tezlikda harakatlangan Lacetti avtomashinasi yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan 11 yoshli qizni urib yuborgan.

 

Og‘ir jarohatlar olgan jabrlanuvchi shifoxonaga yetkazilgan, biroq shifokorlar uning hayotini saqlab qola olishmagan.

 

Hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика