1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Namanganda maktab o‘quvchisi YTH sodir etdi

U mashinani ijaraga olgan bo‘lgan.

Namanganda maktab o‘quvchisi YTH sodir etdi

Namangan viloyatida 9-sinf o‘quvchisi ijaraga olingan mashinada yo‘l-transport hodisasi sodir etdi.

 

Qayd etilishicha, holat joriy yilning 2 noyabr kuni 10:00 lar atrofida Namangan shahar Amir Temur ko‘chasida sodir bo‘lgan. Surishtiruvlarga ko‘ra, Davlatobod tumanida joylashgan xususiy maktabning 9-sinf o‘quvchisi do‘sti bilan Lacetti rusumli avtomobilni 150 ming so‘m evaziga ijaraga olib, haydagani aniqlangan.

 

Hozirda, mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

 

Holat yuzasidan bolaning otasi bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi. Unga o‘g‘li maktabga borib kelishini nazoratga olish, harakatlaridan doimiy boxabar bo‘lib turish aytildi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика