Viloyat IIB matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, voqea 12 avgust kuni soat 16:00 larda “Tinchlik” MFY Andijon ko‘chasi hududida yuz bergan. Nexia haydovchisi harakat xavfsizligini taʼminlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.
Oqibatda 22 yoshli piyoda ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay shifoxonada vafot etgan.
Holat bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 17 avgust kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


