1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Namanganda oltin sotayotganlar ushlandi

Viloyatda bu bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Namanganda oltin sotayotganlar ushlandi

 

Namangan viloyatining Davlatobod tumanida sof quyma oltin sotayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

 

Qayd etilishicha, Davlatobod tumanida yashovchi B.S. va N.K. 3 dona oltinga o‘xshash sariq rangli quyma metallni fuqaro E.A.ga 20 000 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

 

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, 3 dona sariq rangli metall umumiy vazni 298,43 gramm bo‘lgan “992” probali sof oltin ekanligi qayd etilib, 222,8 mln so‘mga baholangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика