1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Namanganda “Onix” haydovchisi YPX xodimini urib yubordi

Hodisa oqibatida xodim tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

Namanganda “Onix” haydovchisi YPX xodimini urib yubordi

Joriy yilning 21 noyabr kuni soat 23:00 larda YPX xodimlari tomonidan Namangan viloyati Davlatobod tumani hududida harakatlanib kelayotgan “Onix” rusumli avtomashinaga to‘xtash ishorasi berilganida, tegishli hujjatga ega bo‘lmagan haydovchi xodimlarga bo‘ysunmasdan qochishga uringan.

 

Shu vaqtda ratsiya orqali oldinroqda xizmat olib borayotgan katta serjant Vaxobjon Mo‘minovga mazkur avtomashinani to‘xtatish chorasini ko‘rish yuzasidan xabar beriladi. Vaxobjon Mo‘minov haydovchiga to‘xtash ishorasini bergan vaqtda, haydovchi yuqori tezlik bilan xodimni urib yuborib, uning hayoti uchun og‘ir tan jarohati yetkazgan.

 

Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida transport vositasining harakati cheklanib, haydovchi qo‘lga olingan.

 

Katta serjant Vaxobjon Mo‘minov viloyat Tibbiyot birlashmasiga olib borilgan vaqtda vafot etgan.

 

“Ichki ishlar vazirligi rahbariyati va ko‘p sonli shaxsiy tarkibi Namangan viloyati IIB JXX YHXB Yo‘l-patrul xizmati katta inspektori katta serjant Mo‘minov Vaxobjon Abduvaliyevichning vafoti munosabati bilan marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur taʼziya izhor etadi”, deyiladi xabarda.

 

Katta serjant Vaxobjon Mo‘minov 2007 yildan ichki ishlar organlarida fidokorona xizmat qilgan. Uning ortidan suyukli ayoli, 2 nafar qizi va 1 nafar o‘g‘il farzandlari qoldi

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика