1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Namanganda ota salkam 100 mln aliment to‘ladi

Ijro hujjatiga ko‘ra, erkak 2 nafar farzandiga aliment to‘lashi kerak bo‘lgan.

Namanganda ota salkam 100 mln aliment to‘ladi

Majburiy ijro byurosi Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida qarzdor shaxsdan 2 nafar voyaga yetmagan farzandi foydasiga jami 92 million so‘m aliment qarzdorligi to‘liq undirib berildi.

 

Maʼlumki, aliment to‘lovlari farzandlarning munosib tarbiya olishi, taʼlim va kundalik ehtiyojlarini qondirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois Majburiy ijro byurosi tomonidan aliment qarzdorliklarini undirish masalasi doimiy nazoratga olingan bo‘lib, har bir ish qonun talablari asosida qatʼiy choralar ko‘rilgan holda hal etib kelinmoqda.

 

Yangi yil bayrami arafasida mazkur mablag‘larning undirilishi farzandlar va ularning oilasi uchun haqiqiy bayram sovg‘asi bo‘ldi. Bu esa qonun ustuvorligi va bolalar huquqlari davlat himoyasida ekanining yana bir yaqqol tasdig‘idir.

 

Majburiy ijro byurosi tomonidan kelgusida ham aliment to‘lovlari bo‘yicha qarzdorliklarga nisbatan qatʼiy va taʼsirchan choralar ko‘rilishi davom ettiriladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика