Namangan shahrida qalbaki AQSH dollarlari muomalaga kiritilishining oldi olindi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda Namangan shahrida yashovchi A.S. o‘ziga notanish shaxsdan 2 600 AQSH dollariga sotib olgan jami 52 dona qalbaki 100 AQSH dollarlik banknotalarini qayta sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu qalbaki AQSH dollarlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


