1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Namanganda qoidabuzar abituriyent imtihondan chetlashtirildi

U test savollarini olib chiqib ketgan va internetda tarqatgan.

Namanganda qoidabuzar abituriyent imtihondan chetlashtirildi

 

Davlat test markazi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan test materiallari yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, biologiya fanidan savollar aks etgan 6153320 raqamli test topshiriqlari kitobi 9-avgust kuni Namangan viloyatida o‘tkazilgan test sinovlariga taalluqli. Mazkur abituriyent test topshiriqlari kitobining 1 varag‘ini yirtib olib chiqib ketgani videokuzatuv orqali aniqlanib, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 52-bandiga muvofiq test sinovidan chetlashtirilgan. 

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq DTM kimyo fani bo‘yicha tarqalgan test savollari yuzasidan rasmiy izoh bergandi. Ma’lum bo‘lishicha, test topshiriqlari kitobi 8-avgust kuni Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan test sinovlariga taalluqli. Abituriyent test sinovi vaqtida telefondan foydalanayotgani aniqlangan va dalolatnoma asosida test sinovlaridan chetlashtirilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика