1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Namanganda reklama banneri bir kishini bosib qoldi

Holat bo‘yicha BP maʼlumot berdi.

Namanganda reklama banneri bir kishini bosib qoldi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahridagi katta reklama banneri mashina ustiga qulab tushgani va transport vositasi ichida odamlar bo‘lgani aytilgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlumot berdi.

 

Qayd etilishicha, 1-may kuni Namangan shahrida joylashgan reklama banneri fundamentidan o‘pirilib, yerga tushishi oqibatida bir nafar shaxs — 1997-yilda tug‘ilgan erkak tan jarohati olgan va joyida hushini yo‘qotgan.

 

Shundan so‘ng yon atrofda bo‘lgan fuqarolarning ko‘magida jabrlangan shaxs darhol shifoxonaga olib ketilgan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика