Maʼlum qilinishicha, portlash par bosimi ortib ketishi tufayli sodir bo‘lgan.
Kecha,15-fevral kuni Namangan tumanida joylashgan cho‘yan quyish sexidagi parogenerator (avtoklav)da par bosimi ortib ketishi tufayli portlash sodir bo‘lgan.
Oqibatda, ushbu sexda ishlayotgan 1 nafar ishchi tan jarohati olgan, 2 nafari hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a” bandi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


