1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Namanganda sof quyma oltin sotayotgan shaxslar ushlandi

Sof oltin 222 mln so‘mga baholangan.

Namanganda sof quyma oltin sotayotgan shaxslar ushlandi

 

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Namangan viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Davlatobod tumanida yashovchi B.S. va N.K. 3 dona oltinga o‘xshash sariq rangli quyma metallni boshqa bir fuqaroga 20 000 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, 3 dona sariq rangli metall umumiy vazni 298,43 gramm bo‘lgan “992” probali sof oltin ekanligi qayd etilib, 222,8 mln so‘mga baholangan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика